Lifestyle

Bred Pitt Anjelina Jolini sudga berdi

Aktyor sobiq rafiqasi mol-mulkni sotishda hech qachon undan ruxsat so‘ramaganini aytmoqda.

Bred Pitt Anjelina Jolini sudga berdi

 

Aktyor sobiq rafiqasini ularga tegishli bo‘lgan Chateau Miraval fransuz vinochilik fermasini sotganlikda ayblamoqda.

 

OAV aniqlik kiritishicha, xaridor Forbes ro‘yxatiga kirgan rossiyalik tadbirkor Yuriy Shefler.

 

Pitt sud daʼvosida Joli hech qachon undan boylikning bir qismini sotish uchun ruxsat so‘ramagani va kelishuv shartlarini undan bekitganini aytgan. U kelishuv bekor qilinishi va sobiq rafiqasi zararni qoplashini talab qilmoqda.

 

Bir necha oy oldin 57 yoshli aktyor farzandlari uchun bo‘lsa ham, sobiq rafiqasi bilan yarashishga tayyorligini eʼlon qilgan edi.

Sharofat Mahmudova

Bred Pitt Anjelina Jolini sudga berdi | Zamon.uz