Navbatdagi manzil Yangihayot va Sergeli
Prezident Yangihayot tumanidagi "Almerro group" masʼuliyati cheklangan jamiyatining qandolat korxonasini ko‘zdan kechirdi.

Umumiy qiymati 70 milliard so‘m bo‘lgan ushbu korxonaning birinchi bosqichi o‘tgan yili noyabrda ishga tushirilgan.

Korxona yiliga 2 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlash quvvatiga ega. 120 kishi ish bilan taʼminlangan.

Davlat rahbari qandolat mahsulotlari sifatini ko‘rdi, tannarxni pasaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.








