Amerika firmasi “Atalanta”ni sotib olmoqchi
Hozirda klub bilan muzokara olib borilmoqda.

Amerikaning “KKR” investitsiya firmasi “Atalanta” klubini sotib olish bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Footbaal Italia” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “KKR” kelasi haftaga qadar klubga egalikni qo‘lga kiritishi mumkin. Amerika investitsiya firmasi klubning 85% ulushini 350 million yevroga sotib olmoqchi.
1976 yilda tashkil etilgan “KKR” – aktivlarni muqobil boshqarish, kapital bozorlar va sug‘urta yechimlarini taklif qiluvchi yetakchi global investitsiya firmasi hisobolanadi.
So‘nggi bir necha mavsumda “Atalanta” klubi Italiya va Yevropada ajoyib natijalarga erishdi. 2020 yilda Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi. Jamoa ketma-ket uch marta Yevro turnirlarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Joriy mavsumda jamoa kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun kurashmoqda.
Avvalroq, “Atalanta” Miranchukning o‘rniga futbolchi topgani va Immobile virusga chalingani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







