O'zbekiston

800 gramm chaqaloqda ham operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda neonatal xirurgiya bo‘yicha yangi tajribalar yo‘lga qo‘yilmoqda.

800 gramm chaqaloqda ham operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin

 


Tibbiyot fanlari doktori Baxtiyor Ergashev SSV matbuot kotibiga bergan intervyusida neonatal xirurgiya istiqbollari va mamlakatda bu bo‘yicha yo‘lga qo‘yilayotgan yangi tajribalar haqida ma’lumotlar  taqdim etdi. 

 

“Intensiv palata” tajribasi

 

—  Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazimizda yangi tajribani yo‘lga qo‘yganmiz, — deydi muassasa rahbari B. Ergashev. — Ya’ni Xirurgiya bo‘limining o‘zida intensiv palata tashkil etildi. Bu kichik reanimatsiya xonasi bo‘lib, chaqaloq operatsiyadan oldin ham, keyin ham shu yerga yotqiziladi.

 

Bu tajriba xirurglarning mas’uliyatini ikki karra oshiradi. Chunki jarroh operatsiyadan keyin bemorni reanimatolog-shifokorga topshirgach, uning keyingi ahvolidan bexabar qoladi. Endilikda har bir xirurg chaqaloqning tug‘ilishidan to operatsiyadan keyingi muolajalarigacha bo‘lgan jarayonlarni bevosita nazorat qilib boradi.

 

800-900 gramm chaqaloqda ham jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi mumkin

 

—  Erta tug‘uruqlarda ham jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Hatto, bunday operatsiyalar tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq, 800-900 grammlik chaqaloqlarda ham bajarilishi mumkin. 

 

Muassasamizga Qozog‘iston va Tojikiston kabi qo‘shni davlatlardan ham bemorlar olib kelinadi. Shunday ekan imkoniyatlarimizni yanada kengaytirish zarur. Bu ko‘proq tibbiy texnologiya masalasiga borib taqaladi. Shunga qaramay, o‘tgan yili 2020-yilga nisbatan 7,8 foizdan ortiq bemor qamrab olindi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

800 gramm chaqaloqda ham operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin | Zamon.uz