Sport

Nodirbek Abdusattorov jahon chempionlariga qarshi dona surdi

Shu kunlarda “Airthings Masters” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nodirbek Abdusattorov jahon chempionlariga qarshi dona surdi

 

Mukofot jamg‘armasi 150 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirda sayyoramizning eng kuchli grossmeysterlari qatnashmoqda. Ular orasida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.

 

Birinchi kunida Abdusattorov 4 ta partiyada raqiblarini mag‘lub etishga erishdi. Musoabaqaning amaldagi g‘olibi jahon tojdori Magnus Karlsen bu safar ham yosh grossmeysterimizni mag‘lub eta olmadi. Karlsenga qarshi qora donalarda harakat qilgan Nodirbek durang natija qayd etdi. Kecha Abdusattorov musobaqa doirasida yana 4 ta partiya o‘tkazdi. Shaxmatchimiz 5-turda jahon tojiga so‘nggi daʼvogar, rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan qora donalarda o‘ynadi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Oltinchi turda ayollar o‘rtasida 12-jahon chempioni, rossiyalik Aleksandra Kostenyukni mag‘lubiyatga uchratdi. Yettinchi partiyada qora donalarda o‘ynadi va germaniyalik xalqaro grossmeyster Vinsent Keymerga yutqazib qo‘ydi. Sakkizinchi turda esa AQSH vakili Xans Niyemenndan ustun keldi.

 

Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov ikkinchi kungi bahslarda 2 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etdi. Bugun hamyurtimiz 9-turda hindistonlik Pragnanandxa, 10-turda vetnamlik Liyem Kuang Le, 11-turda kanadalik Erik Xansen, 12-turda esa xitoylik Liren Ding bilan bahs olib boradi.

 

Maʼlumot uchun, 16 xalqaro grossmeyster ishtirokidagi musobaqa rapid yo‘nalishida o‘tkazilmoqda. Dastlab ishtirokchilar 15 turdan iborat saralash bosqichida o‘zaro kuch sinashadi. Shaxmatchilar to‘plagan har bir ochkosi uchun 250 dollardan mukofot olishadi.

 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Polshada o‘tkazilgan jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

 

Avvalroq, shaxmat bo‘yicha top-100 talik reyting eʼlon qilingani va Nodirbek Abdusattorovga 2 xonali uy berilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Nodirbek Abdusattorov jahon chempionlariga qarshi dona surdi | Zamon.uz