"Xurram Sulton" oilaviy tushgan arxiv suratlarni eʼlon qildi
U suratlarni Instagram‘dagi sahifasiga joylagan.

"Muhtasham yuz yil" serialidagi Xurram Sulton obrazi orqali tanilgan aktrisa Maryam Uzerli oilasi bilan tushgan arxiv fotosuratlarni namoyish qildi.

Germaniyada ulg‘aygan aktrisa Instagram‘dagi sahifasiga Istanbulga qilgan sayohati aks etgan bir nechta suratlarni joylagan. Maryam Uzerli ko‘p yillar davomida o‘sha paytdagi tashqi ko‘rinishidan xijolat tortganini, hozir esa buni tabassum bilan eslashini aytgan.
Aktirisa xotiralarni eslab:
"Bolaligimda burnimdan uyalardim, shuning uchun men chaqaloqlikdagi va bolalikdagi fotosuratlarimni hech kim bilan baham ko‘rmadim", — deydi.

Sadoqatli muxlislar fotosuratlardan xursand bo‘lishdi. Izohlarda ko‘plab maqtovlarni ko‘rish mumkin.

Kuzatuvchilar Marʼyamni juda shirin va chiroyli bola deb bilishlarini tan olishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Sulton Sulaymon” uchinchi bor ota bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.







