Jahon

Qozog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng 14 nafar o‘zbek fuqarosi hibsga olingan

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘iston TIVga nota yubordi.

Qozog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng 14 nafar o‘zbek fuqarosi hibsga olingan

 

Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 18 nafar xorijlik fuqaro hibsga olingani haqida Respublikaning inson huquqlari bo‘yicha ombudsmani Elvira Azimova ma’lumot berdi. Shuningdek, hibsga olinganlarning 14 nafari o‘zbeklar ekani aytib o‘tilgan.

 

Mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga hibsga olingan O‘zbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortilish sabablari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish hamda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun konsullik uchrashuvini tashkil etishni so‘rab tegishli nota yuborgan.

 

custom img

2,45 mlrd dollarlik reja: Trampning Tinchlik kengashi G‘azoni tiklash dasturini taqdim etdi

Tinchlik kengashi G‘azoni to‘liq tiklash uchun o‘n yil davomida 71,4 mlrd dollar kerak bo‘lishini baholagan.

custom img

“O‘tmishga nisbatan nafrat kelajakdan mahrum bo‘lish bilan barobardir” — To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti jamiyatni doimiy ravishda aybdor izlashdan voz kechishga chaqirdi.

custom img

Tramp CNN va Politico‘ga taqiq qo‘ydi, Melaniya esa ularni tadbiriga taklif qildi

Trampning media taqiqiga qaramay, Melaniya Tramp CNN va Politico jurnalistlarining Nyu-Yorkdagi tadbirida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ovoz berish sanasi ma’lum bo‘ldi

Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ovoz berish yanvar oyining to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.

custom img

“Biz terrorizm qurbonlarimiz”: Pezeshkian nutqi vaqtida AQSH delegatsiyasi zalni tark etdi

Eron prezidenti AQSH va Isroilning Eronga qarshi harakatlarini tanqid qilib, Tehron bosim ostida taslim bo‘lmasligini bildirdi.

custom img

Pokiston Afg‘onistonga zarba berdi: Qandahorda portlashlar ovozi eshitildi

Pokiston ushbu zarbalar Kobuldan amalga oshirilgan dron hujumiga javob bo‘lganini aytdi.

custom img

“Xitoy va AQSh raqib emas, hamkor bo‘lishi kerak” — Si Szinpin

Xitoy raisi ikki davlat o‘rtasida hamkorlik ustun, raqobat mo‘tadil va kelishmovchiliklar nazorat qilinadigan barqaror munosabatlarni shakllantirish zarurligini aytdi.

custom img

Rossiya armiyasidagi xorijliklar: Ukrainadagi harbiy asirlarning 10 foizi chet el fuqarolari

Ular orasida 55 ta davlat vakillari bor.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"