Jahon

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

 

Qirg‘izistonning Manas shahridagi Intimoq qishlog‘ida qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri og‘ir jarohat oldi.

 

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in 22-noyabr kuni soat 20:38 atrofida A. Karimbekov ko‘chasidagi qurilish obyektida yuz bergan. Uni o‘chirish uchun uchta yong‘in-qutqaruv guruhi jalb etilgan. Yong‘in soat 21:45 ga qadar bartaraf etilgan.

 

Hodisa oqibatida uch kishi jabrlangan. Ularning barchasi qurilish maydonida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Ikki kishi uglerod oksididan zaharlanish oqibatida vafot etgan, yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.

 

Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

San-Fransiskoda suv sathi 262 santimetrgacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Qandolat fabrikasida yong‘in chiqdi: 24 kishi halok bo'ldi

Qandolat fabrikasida yong‘in chiqdi: 24 kishi halok bo'ldi

Hodisa vaqtida korxonada qariyb 300 ishchi bo‘lgan.

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

Hukumat Boeing 747 samolyotini ham o‘z ichiga olgan ikkita laynerni har birini 900 ming dollardan sotuvga qo‘ydi.

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

Samolyotlarning og‘irligi va muvozanatini hisoblovchi tizimdagi nosozlik 7,8 mingdan ortiq reysga ta’sir ko‘rsatdi.

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Ta’lim vaziri vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

Mutaxassislar bunday hujumlar yuk tashish va energiya resurslari eksportiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir nechta Falastin qishlog‘ida sodir bo‘lgan hujumlar Isroilda ham siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

AQSH Mesa Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.