Jahon

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Rossiya hukumati Kaliningrad viloyatining transport blokadasiga tushish xavfini kamaytirish maqsadida ikkita temiryo‘l paromi qurish uchun qariyb 50 milliard rubl ajratadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustinga tayanib, RBK ma’lum qildi.

 

Mishustinning aytishicha, paromlar Rossiyaning mahalliy kemasozlik zavodida, mamlakatning o‘z loyihasi asosida quriladi. Ular Kaliningrad va Leningrad viloyatlarini bog‘lovchi Baltiysk va Ust-Luga portlari o‘rtasidagi dengiz yo‘nalishida qatnaydi.

 

Loyihaning umumiy qiymati qariyb 47 milliard rublni tashkil etadi. Mablag‘larning 38,1 milliard rublgacha bo‘lgan qismi Milliy farovonlik jamg‘armasi, qolgan qismi esa federal budjet hisobidan moliyalashtiriladi. Paromlarni 2030-yilgacha qurib bitkazish rejalashtirilgan.

 

Rossiya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, yangi kemalar dengiz orqali yuk va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish, quruqlikdagi tranzit yo‘nalishlariga qaramlikni kamaytirish hamda Kaliningrad viloyatining transport imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

 

Ma’lumot uchun, sentabr oyi oxirida NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyans Rossiyadan Kaliningrad viloyatini havo yoki dengiz orqali blokadaga olishga urinishlar yuz bersa, yadroviy javob berilishi mumkinligi haqida ogohlantirish olganini bildirgan edi. Keyinroq alyans Harbiy qo‘mitasi rahbari Juzeppe Dragone blokning bunday rejalari yo‘qligini aytgan.

 

Rossiya prezidenti yordamchisi Nikolay Patrushev esa Kaliningradga qarshi har qanday agressiv harakatlarga Moskva tezkor javob qaytarishini ta’kidlagan. Vladimir Putin ham Rossiyaga, jumladan, Kaliningrad viloyatiga bevosita hujum qilingan taqdirda, mamlakat ixtiyoridagi barcha qurollardan foydalanish masalasi ko‘tarilishini bildirgan.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

San-Fransiskoda suv sathi 262 santimetrgacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Qandolat fabrikasida yong‘in chiqdi: 24 kishi halok bo'ldi

Qandolat fabrikasida yong‘in chiqdi: 24 kishi halok bo'ldi

Hodisa vaqtida korxonada qariyb 300 ishchi bo‘lgan.

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

Hukumat Boeing 747 samolyotini ham o‘z ichiga olgan ikkita laynerni har birini 900 ming dollardan sotuvga qo‘ydi.

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

Samolyotlarning og‘irligi va muvozanatini hisoblovchi tizimdagi nosozlik 7,8 mingdan ortiq reysga ta’sir ko‘rsatdi.