Jahon

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

Hukumat Boeing 747 samolyotini ham o‘z ichiga olgan ikkita laynerni har birini 900 ming dollardan sotuvga qo‘ydi.

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

 

Iroq hukumati sobiq prezident Saddam Husayn davrida foydalanilgan Boeing 747 samolyotini ham o‘z ichiga olgan ikkita yo‘lovchi laynerini sotuvga chiqardi. Har bir samolyot 900 ming dollarga baholangan. Bu haqda The Economic Times xabar berdi.

 

Iroq transport vazirligi 18-noyabr kuni Iraqi Airways aviakompaniyasiga tegishli ikkita samolyot sotilishini e’lon qilgan. Ularning umumiy qiymati 1,8 million dollarni tashkil etadi.

 

Auksionda ishtirok etish uchun har bir samolyotning baholangan qiymatidan 20 foiz miqdorida, ya’ni 180 ming dollarlik moliyaviy kafolat talab etiladi. G‘olib xarid narxining yana 2 foizini xizmat haqi sifatida to‘lashi kerak.

 

Samolyotlar mavjud holatida va turgan joyida topshiriladi. Sotuvchi ularning texnik holati bo‘yicha kafolat bermaydi. Mulk huquqini rasmiylashtirish, bojxona jarayonlari, samolyotlarni olib ketish va to‘xtash joyi bilan bog‘liq xarajatlar xaridor zimmasida bo‘ladi.

 

Sotuvga 1982-yilda ishlab chiqarilgan Boeing 747-200 va Boeing 747SP samolyotlari qo‘yilgan. Ularning ikkalasi ham 1991-yildan beri Tunisda turibdi va shu vaqtgacha Iroqqa qaytarilmagan.

 

1990-yil avgustida Iroq Quvaytga bostirib kirganidan keyin mamlakat rasmiylari AQSh boshchiligidagi koalitsiya hujumlaridan xavotirlanib, samolyotlarni chet elga jo‘natgan. Saddam Husayn hukumatiga xizmat qilgan Boeing 747SP samolyoti 1991-yil 1-yanvardan buyon Tunis janubidagi Tozeur-Nefta aeroportida saqlanmoqda.

 

AeroCorner ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotlarni sotish bo‘yicha urinishlar 2010-yildan beri davom etmoqda. 2023-yilda ular har biri 494 ming dollardan taklif qilingan, biroq xaridor topilmagan. Hozirgi baholangan narx avvalgisidan qariyb 82 foiz yuqori.

 

Iroq Bosh vaziri devoni samolyotlarni sotishga 2025-yil fevral oyida ruxsat bergan.

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

Samolyotlarning og‘irligi va muvozanatini hisoblovchi tizimdagi nosozlik 7,8 mingdan ortiq reysga ta’sir ko‘rsatdi.

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Ta’lim vaziri vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

Mutaxassislar bunday hujumlar yuk tashish va energiya resurslari eksportiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir nechta Falastin qishlog‘ida sodir bo‘lgan hujumlar Isroilda ham siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

AQSH Mesa Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

Avtomobil bolalarga oziq-ovqat va ichimlik tarqatish uchun to‘xtashga tayyorlanayotgan paytda raketa bilan urilgani aytildi.

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich 2013-yilda chiqarilgan GTA V’ning dastlabki uch kunlik 1 milliard dollarlik natijasidan qariyb to‘rt baravar yuqori.