Jahon

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

 

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudining Rim statutidan chiqish to‘g‘risida BMTga rasmiy bildirishnoma yubordi. Bu haqda tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bayonotida ma’lum qilingan.

 

TASS xabariga ko‘ra, Tojikiston 20-noyabr kuni Rim statutidan chiqish niyati haqida BMTni xabardor qilgan. Qaror rasmiy bildirishnoma olinganidan bir yil o‘tib, 2027-yil 20-noyabrda kuchga kiradi.

 

Tojikiston Rim statutiga 1998-yilda imzo chekkan va 2000-yilda uni ratifikatsiya qilgan. Hujjatga muvofiq, ishtirokchi davlat BMT Bosh kotibiga yozma bildirishnoma yuborish orqali statutdan chiqishi mumkin. Bunday qaror bildirishnoma olinganidan bir yil o‘tgach kuchga kiradi.

 

Avvalroq Yevropa Ittifoqining Tashqi aloqalar xizmati Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2025-yil oktabr oyida Dushanbega davlat tashrifi bilan kelganida Tojikiston Xalqaro jinoyat sudi oldidagi majburiyatlarini bajarmaganini bildirgan edi.

 

Ma’lumot uchun, Xalqaro jinoyat sudi 1998-yilda qabul qilingan Rim statuti asosida tashkil etilgan. U BMT tarkibiga kirmaydi va o‘z faoliyatini statutni ratifikatsiya qilgan davlatlar doirasida amalga oshiradi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

San-Fransiskoda suv sathi 262 santimetrgacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Qandolat fabrikasida yong‘in chiqdi: 24 kishi halok bo'ldi

Qandolat fabrikasida yong‘in chiqdi: 24 kishi halok bo'ldi

Hodisa vaqtida korxonada qariyb 300 ishchi bo‘lgan.

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

Hukumat Boeing 747 samolyotini ham o‘z ichiga olgan ikkita laynerni har birini 900 ming dollardan sotuvga qo‘ydi.

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

Samolyotlarning og‘irligi va muvozanatini hisoblovchi tizimdagi nosozlik 7,8 mingdan ortiq reysga ta’sir ko‘rsatdi.

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Ta’lim vaziri vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.