Siyosat

Yurtimizda ayollar ko‘z yoshi to‘kmaydigan jamiyat qurishimiz kerak – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanidagi “Beltov” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Yurtimizda ayollar ko‘z yoshi to‘kmaydigan jamiyat qurishimiz kerak – Shavkat Mirziyoyev


 

Bu yerda mingdan ortiq aholi yashaydi. Tuman markazidan 40 kilometr uzoqda joylashgan hududning ilgari sharoiti og‘ir edi. “Obod qishloq” dasturi asosida qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilgach, ovul qiyofasi o‘zgardi.

 

Fuqarolar yig‘ini idorasi, madaniyat markazi, shifokorlik punkti, maktabgacha ta’lim muassasasi kapital ta’mirlandi. Hammom qurildi. Yangi quvurlar tortilib, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Ko‘chalarga qum-shag‘al aralashmasi va qora qoplama yotqizildi. “Orjap” kanalida piyodalar ko‘prigi qurildi, yo‘laklar, ariqlar tartibga keltirildi. 5 kilometr elektr tarmoqlari yangilanib, transformator o‘rnatildi.

 

Shavkat Mirziyoyev ovuldagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Aholi bilan muloqot qildi.

 

– Oxirgi yillarda Qoraqalpog‘istonga alohida e’tibor berib, katta kuch va resurslarni jalb etganimiz o‘z natijasini berayapti. Odamlar yo‘limiz to‘g‘riligiga ishondi. Endi yangi marralar qo‘yganmiz. Qoraqalpog‘istonga hamma rahbarlarni olib keldik. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan. Ular mablag‘i, jamoasi bilan kelib, aniq loyihalar ishlab chiqayapti. Taxtako‘pirning ham avvalgi mavqeini tiklashimiz zarur, - dedi Prezident. 

 

Davlat rahbari ayollar turmushini yaxshilash masalasiga alohida to‘xtaldi.

 

- Yurtimizda ayollar ko‘z yoshi to‘kmaydigan jamiyat qurishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu yerda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan ham muloqot bo‘ldi. Ular mahallalardagi muammolarni hal etish, bandlikni ta’minlash borasidagi takliflarini bildirdi.

 

Prezident shu yerda jurnalistlar bilan ham suhbatlashdi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Yurtimizda ayollar ko‘z yoshi to‘kmaydigan jamiyat qurishimiz kerak – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz