Siyosat

Prezident 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Tamal toshidagi kapsulada Prezident maktubi joylashtirilgan.

Prezident 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi safarining ikkinchi kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Beruniy tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi. Bu haqda bloger Aziza Qurbonova xabar berdi.

 

"Tasavvur qilinglar farzandlarimiz, nevalarimiz bunday loyihadan qanday manfaat ko‘radi. Bu bir yillik emas, yillarga tatiydigan loyiha", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident tamal toshiga solgan kapsula ichidagi maktubda shunday yozilgan: "...Elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining betakror ekomuhitini muhofaza qilish maqsadida 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasining qurilishini boshlash uchun keng Saudiya Arabistonining Acwa Power kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida  boshlash uchun keng jamoatchilik bugun 2022 yil 24 fevral kuni tamal toshini qo‘yishga qaror qildik. Ushbu loyiha hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda aholi farovonligini taʼminlashda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti".

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezident 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi | Zamon.uz