Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: "Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib bormoqda"

Prezident Beruniydagi shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev: "Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib bormoqda"

 

Davlat rahbari tumanda quriladigan quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda.

 

"Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib boryapti. Biz iqtisodiyotimiz, mudofaamizni mustahkam qilib, ishonch bilan jonajon vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak", — deydi Prezident.

 

Shuningdek, davlat rahbari Qoraqalpog‘istonning iqlimi va bu yerning aholi turmush tarzi haqida gapirgan.

 

"Biz yerlardan unumli foydalana olmayapmiz. Qoraqalpog‘iston yeri 2 million xalqni bemalol boqa oladi. Nima qilish kerak? Aql va izlanish bilan, innovatsiya bilan undan foydalanish kerak. Qoraqalpog‘istonning havosi ham foyda berishi aniq. Necha yillar davomida bu yer energetika tanqisligini boshdan kechiryapti. Nega biz bunga ko‘p eʼtibor beryapmiz? Agar biz katta korxonalar qurmoqchi bo‘lsak, keladigan investor ham "infratuzilmang bormi, gazing, suving, yo‘ling, temiryo‘ling, aeroporting bormi deb so‘raydi. Korrupsiya bo‘lmaydimi, deb savol beradi.

Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi 20ga yaqin yetakchi kompaniyalar o‘rtasida o‘tgan tanlovda 1 kilovatt soat elektr energiyasi uchun 2,57 AQSH senti tarif taklifi bilan g‘olib deb topilgan edi. Buyam adolat, raqobat", — deydi u.

 

Kompaniyasi 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasini quradi. Mazkur elektr stansiya 2 yil ichida, yaʼni 2024 yilda ishga tushiriladi.

Elektr stansiya ishga tushgach yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 120 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi, yiliga 106 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi, ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan 35 mingta xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan taʼminlash mumkin.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev: "Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib bormoqda" | Zamon.uz