U so‘nggi qarorni qabul qildi
Mbappe “PSJ”ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha so‘nggi taklifini rad etdi.

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe fransuz klubi bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha yangi taklifni rad etdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “PSJ”ning so‘nggi taklifida futbolchining maoshini oshirish bo‘yicha hech qanday qaror bo‘lmagan. Parijliklar Mbappega avvalgi maoshi bilan ikki yillik shartnoma taklif qilishgan.
Hozirda 23 yoshli Mbappe yozda “Real Madrid”ga o‘tishi haqidagi xabarlar mavjud. Futbolchi ham shuni maqsad qilgan.
Maʼlumot o‘rnida: “PSJ”ning Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Real”ga qarshi o‘yinida Mbappe uchrashuvdagi yagona gol muallifi bo‘ldi. Hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda 22 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, “PSJ” prezidenti Neymarni “Barsa”ga taklif qilgani va “Manchester Siti” Mbappeni istalgan narxda sotib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







