Farzand dog‘ida erta kuygan o‘zbek sanʼatkorlari
Ularning baʼzilari bir emas, ikki nafar bolasidan judo bo‘lgan.

Farzand bu — insonga Alloh tomonidan berilgan eng aziz neʼmat. Uni asrash, mehr berish bu bandalarining hayotdagi shukuronalaridan biridir. Ammo boladan erta ayrilish qayg‘usi ota-ona uchun azob.
O‘zbek shou-biznes vakillari orasida ham farzand dog‘ida kuyganlar yo‘q emas.

Ulardan biri — mahoratli aktirisa Fotima Rejametova uchun 2018-yil juda og‘ir kelgan. Sababi, yagona qiz farzandi Farangiz Rejametovadan baxtsiz hodisa (avtohalokatga uchragan) tufayli ayrilgan.

O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 1998-yilda hayotidagi qiyin kunlarni boshidan kechirgan. Chunki u bir kunning o‘zida ikki o‘g‘lidan ajraladi. Ularning bunday o‘lim topishiga ham avtohalokat sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova ham ketma-ket ikki o‘g‘lidan ayrilgan. Aktirisa o‘sha yillarni xotirlab, shunday deydi:
— Ozgina muddat o‘tgach, kenja farzandimning bolalari, yaʼni nabiralarim onasidan ham ayrilib, chin yetim bo‘lib qolishgan.

Xonanda Mahmud Namozov voyaga yetmagan 12 yoshli o‘g‘lidan ayrilganini ko'z yosh bilan yodga oladi. Farzandi gepatitning og‘ir formasi bilan hastalangan. Judolik xonandani uzoq muddat ruhiy tushkunlikka tushirib qo‘ygan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raʼno Yarasheva 3 nafar farzandning onasi bo‘lgan. Xonanda va aktirsa Madina Mumtozning marhuma opasi singlisi tug‘ilmasidan avval 4 yoshida bedavo kasallik tufayli vafot etgan.

O‘zbekiston xalq artistlari Baxtiyor Ixtiyorov va uning sobiq turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Maryam Ixtiyorovalarning kenja farzandi Elyorbek tug‘ma buyrak yetishmovchiligi hastaligi tufayli olamdan ko‘z yumgan.








