Hamkorbank “Sberbank Online"dan pul o‘tkazmalarini qabul qilishni to‘xtatdi
2 kun avval “Sberbank” AQSH sanksiyalari ostida qolgandi.

25-fevraldan boshlab Hamkorbank “Sberbank” Online ilovasi orqali yuborilgan pul o‘tkazmalarini kartalarga o‘tkazishni to‘xtatadi.
Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Vaqtinchalik cheklov bank tizimlarida olib borilayotgan texnik ishlar munosabati bilan joriy qilingan. Rasmiy sabab "texnik nosozlik".
Bu mijozlarga yo‘qotishlardan qochishga yordam beradi, deyiladi hisobotda. Cheklovlarni bekor qilish muddati oshkor etilmagan.
Ilova egasi, “Sberbank”, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin qabul qilingan Rossiya kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar paketida paydo bo‘ldi. Unga nisbatan cheklovlar AQSH va Kanada rasmiylari tomonidan kiritilgan. Xususan, Amerika moliya institutlariga 30 kun ichida “Sberbank"ning barcha vakillik hisoblarini yopish va shundan so‘ng bank yoki uning qoshidagi korxonalari bilan bog‘liq operatsiyalarni rad etish buyurilgan.
Biroq, bankning AQSHdagi aktivlari muzlatilmaydi. “Sberbank” hali ham xaridor sifatida Amerika korxonalari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin (masalan, dasturiy taʼminot).
Bundan tashqari, “Sovkombank” sanksiyalar ostida qoldi, bundan biroz oldin “O‘zagroyeksportbank” aksiyalarining 100% davlat ulushini sotib oldi.
Manbalarga ko‘ra, bank allaqachon valyuta ayirboshlash bilan bog'liq operatsiyalarni to‘xtatgan.







