Siyosat

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

 

26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Turkiyaning do‘st xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

 

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali hamkorligi barqaror va jadal surʼatda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Turli darajalarda faol muloqotlar davom ettirilmoqda, o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda. Ikki mamlakat yetakchi hudud va korxonalarining kooperatsiyasi kengaymoqda, birgalikda qator yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Muhim madaniy-gumanitar dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

 

Davlat rahbarlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Strategik hamkorlik bo‘yicha oliy darajadagi kengashning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar. Xalqaro siyosat va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Telefon orqali muloqot har doimgidek do‘stona va ishonch ruhida o‘tdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi | Zamon.uz