Sport

Umid qilamanki, urush imkon qadar tezroq tugaydi — Rafayel Nadal

Ispaniyalik tennischi Ukrainada davom etayotgan urush haqida gapirdi.

Umid qilamanki, urush imkon qadar tezroq tugaydi — Rafayel Nadal

 

"Katta Dubulg‘a" turnirlarining 21 karra g‘olibi, ispaniyalik tennischi Rafayel Nadal Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi.

 

"Men bu muammoning aybdorlari yoki mohiyati haqida gapirishni istamayman. Lekin bizning asrimizda hali ham urushlar borligi menga aql bovar qilmaydigandek tuyuladi. Umid qilamanki, urush imkon qadar tezroq tugaydi", - deya Nadalning so‘zlaridan jurnalist Sebastyan Torok iqtibos keltirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rojer Federer dunyoning eng kuchli o‘nta tennischisi ro‘yxatini tark etgani haqida xabar berilgandi.

 

Umid qilamanki, urush imkon qadar tezroq tugaydi — Rafayel Nadal | Zamon.uz