Ukrainaga o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun maxsus samolyot jo‘natildi
Evakuatsiya ishlari Polshaning Katovitse aeroportida bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun Toshkentdan uchib ketgan "Uzbekistan Airways" AJ maxsus samolyoti 12.45 da Katovitse aeroportiga qo‘nadi.
Hozirgi paytda Katovitse (Polsha) aeroportiga 262 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelingan.
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi bergan maʼlumotga ko‘ra, fuqarolarimizni Ukrainaning “Krakoves” nazorat o‘tkazish punkti orqali tezroq o‘tkazish uchun 7 ta avtobus ijaraga olingan. Ular ko‘magida shu paytgacha Ukraina-Polsha chegarasiga 11 marta qatnov amalga oshirilgan.
So‘ngi maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonlik 560 nafar fuqaro Polsha davlat chegarasini kesib o‘tgan.
Polshaning chegara hududida O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi xodimlari tomonidan tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.
Chegarada yurtdoshlarimiz oziq-ovqat bilan to‘liq taʼminlangan, ular uchun barcha shart- sharoitlar yaratilgan.







