Kristensen “Barsa”ga o‘tadi
“Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensen “Barselona” klubi bilan kelishuvga erishdi.

Insayder Jerar Morenoning xabar qilishicha, daniyalik futbolchi yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida Kataloniya klubiga o‘tadi.
Tomonlar shartnoma masalasida 99 foizga kelishuvga erishigan. Kristensen shartnomasi yakuniga yetgach, iyulda Ispaniyaga ko‘chib o‘tadi. Futbolchi va Kataloniya klubi o‘rtasida 4 yillik shartnoma imzolanadi.
Maʼlumot uchun: Kristensen joriy mavsum APLda 14 o‘yinda maydonga tushgan. 25 yoshli futbolchi 2017 yildan buyon londonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Shuningdek, daniyalik futbolchi shartnomasini uzaytirish masalasida London klubi rahbariyati bilan kelishuvga erisha olmagani haqida maʼlum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Adidas” brendi Rossiya terma jamoasi bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar berilgandi.







