Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi jihozlar bilan ta'minlovchi homiysidan ayrildi. Adidas hamkorlikni tugatdi.
Bundan tashqari, taniqli sport kiyimlari brendi Rossiya bozoridan butunlay chiqib ketishni rejalashtirmoqda.
Bu qaror Federatsiya rahbariyati tomonidan Ukraina hududida boshlangan urush bilan bog'liq.
Avvalroq Rossiya FIFA va UEFA‘ning mamlakatning barcha jamoalarini nomaʼlum muddatga xalqaro o‘yinlarda ishtirok etishdan chetlashtirish haqidagi qaroriga mutlaqo qo‘shilmasligini bildirgan edi.
Shuningdek, “Shalke 04” “Gasprom” bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar berilgandi.


