Prezident asosiy savdo hamkori bo‘lgan davlatlardagi vaziyatni tahlil qildi
Davlat rahbari aniq chora-tadbirlarning batafsil Rejasini ishlab chiqishga topshiriq berdi.

Prezident Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan ayrim mamlakatlarda yuzaga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha respublikamizning har bir tarmog‘i va hududi kesimini nazoratga oldi.
Moliya tizimining barqarorligi, korxonalarning uzluksiz ishlashi va rejalashtirilgan investitsiya loyihalari o‘z vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash vazifalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tarmoq va hududlar rahbarlari oldiga transport-logistika tarmog‘ining ishonchli faoliyatini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish, bunda eksport geografiyasi yana-da diversifikatsiya qilinishini ham hisobga olish vazifasi qo‘yildi.
Viloyatlar hokimlariga aholini ijtimoiy himoya qilish ishlarini kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishsiz aholi bandligini taʼminlashni jadallashtirish, shuningdek, inflyatsiya darajasini doimiy monitoring qilish va isteʼmol bozorida narxlarning keskin tebranishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha avvaldan chora ko‘rish zarurligi alohida ko‘rsatib o‘tildi.







