BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston mezbonlik qilmoqda
Toshkentda mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi.

Bugun poytaxtimizda "BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi" mavzusida xalqaro anjuman boshlandi.
Gibrid formatda o‘tadigan tadbirda XXR, Rossiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq hamda boshqa mintaqalar mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin yuqori martabali shaxs, milliy va xorijiy tahliliy markazlar yetakchi ekspertlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislari qatnashmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov moderatorlik qilmoqda. Anjuman o‘z ishini 4-martgacha davom ettiradi.
Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan murojaatnoma o‘qib eshittirildi.







