Siyosat

Shavkat Mirziyoyev pokistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Asosiy maqsadimiz — mahsulotlarni davlatlarimiz o‘rtasida to‘siqsiz va eng qisqa muddatlarda yetkazib berish tizimini yaratishdan iborat —Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev pokistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 mart kuni Islomobod shahrida Pokistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Tadbirda "Nishat Grupp", "Getz Farma", "Piramid Lojistiks", "Ejaz Grup", "AKD Grup", "Vax Nobel Grupp", "Najib Fayber", "Sapfir Grup" kabi ko‘plab kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

 

Ushbu shirkatlarning umumiy aktivlari 40 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.  

 

Davlatimiz rahbari xorijiy tashriflari chog‘ida bunday uchrashuvlar o‘tkazishga alohida vaqt ajratadi. Bu O‘zbekistonning hamkorlikka intilishi yuqori ekanini namoyon etib, ishbilarmonlarning ishonchini oshirmoqda.  

 

Uchrashuvda mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bozor mexanizmlari joriy qilinayotgani, biznes rivojini cheklaydigan to‘siqlar bartaraf etilgani taʼkidlandi. Taraqqiyot strategiyasi asosida xorijiy biznes ishtirokini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda tizimli aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo hajmi 5 barobar oshgan. Pandemiya cheklovlariga qaramay yil boshidan beri ushbu ko‘rsatkich yana 70 foiz o‘sgan.

 

Prezidentimiz so‘zining avvalida Pokiston Bosh vaziri bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalariga to‘xtaldi. 

 

–  Tarixiy tashrifimiz davomida ilk bor Imtiyozli savdo bitimini imzoladik. Transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni alohida nazoratga olishga kelishib oldik.

 

Bunday eʼtibor va sharoitlar o‘zaro aloqalarni faollashtirib, yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollarga, kelgusi esa 1 milliard dollarga yetkazish  uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonch bildirildi.

O‘zbekiston Prezidentining tashrifi arafasida Islomobodda o‘tgan biznes forumda to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish materiallari, bank-moliya, kimyo sanoati va boshqa yo‘nalishlarda umumiy qiymati 800 million dollarlik savdo va investitsiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi. Bu loyihalarning barchasi sanoat kooperatsiyasi dasturiga kiritilib, qatʼiy nazoratga olinishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Pokiston kompaniyalarini birgalikdagi loyihalarni ko‘paytirishga chaqirdi.

 

- Bugun sizlarning aniq takliflaringizni eshitmoqchiman. Bu yerda hukumat aʼzolari, sanoat tarmoqlari masʼullari yig‘ilgan. O‘zbekistonda biznesingiz uchun qanday sharoit, nima kafolat kerak bo‘lsa, ko‘rib chiqishga tayyormiz, - dedi Prezident.

Uchrashuvda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, turli sohalarda mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. Istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.  

Prezidentimiz ishbilarmonlarning rejalarini maʼqullab, barcha tashabbus va shartnomalarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi. 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev pokistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi | Zamon.uz