Salomatlik

SSV: O‘zbekistonda bemor tanasi 16 darajagacha sovutilib, 12 soatlik murakkab texnologik operatsiya o‘tkazildi

Yurak – tunu kun ishlaydigan tanamizning eng muhim aʼzosi. Agar unga biror kor-xol bo‘lsa, butun organizm faoliyati ishdan chiqadi.

SSV: O‘zbekistonda bemor tanasi 16 darajagacha sovutilib, 12 soatlik murakkab texnologik operatsiya o‘tkazildi

 

Shu sababdan uning salomatligi haqida doimo qayg‘urishimiz shart. Aks holda yurak–qon tomir tizimida jiddiy asoratlar kuzatilishi mumkin.

 

O‘rtachirchiqlik To‘xtasin Dehqonov 66 yoshda. U uzoq yillar arterial gipertoniya kasalligi, yaʼni yuqori qon bosimidan jiddiy aziyat chekib kelgan. Biroq shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmagani va kerakli muolajalarni olmagani sababli xastalik og‘ir asoratlarni keltirib chiqargan.

 

Xususan, shu yil yanvarda MSKT tekshiruvidan so‘ng uning yurak–qon tomir tizimida jiddiy muammo borligi, aorta qon tomirining yuqori qismi esa katta hajmda shishgani maʼlum bo‘ldi. Avvaliga bemor viloyatdagi hududiy shifoxonalarda infarkt tashxisi bilan davolanib yurdi, ammo o‘zgarish bo‘lmadi.

 

Oqibatda ikki hafta oldin poytaxtimizdagi shifoxonalardan biriga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelindi.

 

Shundan so‘ng Rossiyaning Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markazida tajriba orttirib qaytgan mohir kardiojarroh, tibbiyot fanlari doktori, professor Rustam Yarbekov boshchiligidagi shifokorlar bemorni zudlik bilan tekshiruvdan o‘tkazdi.

 

Tomografiya tekshiruvida aortaning ko‘tariluvchi qismi yorilib, qavatlarga bo‘linib, aortaning tushuvchi ko‘krak qismining o‘rtasigacha tromb hosil bo‘lgani aniqlandi. Qolaversa, bu yorilish miya tomirlari, uyqu, qo‘l va o‘mrov osti arteriyalariga tarqalganligi hamda aortaning ravog‘i va pastga tushuvchi qismigacha o‘tganligi kuzatildi.

 

Tashxis xulosalaridan so‘ng vaziyat jiddiy ekani maʼlum bo‘lib, bemor darhol operatsiya stoliga yotqizildi. 12 soat davom etgan murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlanib, otaxon og‘ir darddan butkul xalos bo‘ldi. Ayni paytda bemor palataga olingan, ahvoli yaxshi.

 

— Operatsiyaning og‘ir o‘tishini avvaldan bilardik, — deydi Rustam Yarbekov. — Sababi ham aortaning ko‘tariluvchi va tushuvchi qismi, ham ravog‘i hamda miya tomirlarini sunʼiy protezlash uchun uzoq vaqt talab etiladi. Qolaversa, mazkur amaliyotning noyobligi bemor tanasi 16 darajagacha sovutilib, tanadagi qon aylanishi 112 daqiqaga to‘xtatib qo‘yildi. Faqat braxiotsefal va uyqu arteriyasi orqaligina miya qon bilan taʼminlab turildi.

 

Aytish lozimki, bu kabi operatsiyalarni o‘tkazish uchun anesteziolog, reanimatolog, perfuziolog kabi malakali tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda so‘nggi avlod sunʼiy qon aylanish uskunasi, gipoterm va miyada qon aylanishi va oksigenatsiyani ko‘rsatuvchi zamonaviy tibbiy jihozlar talab qilinadi.

 

Shu sababli ham avvallari bunday amaliyotlar faqat xorijda o‘tkazilgan. Quvonarlisi, kardioxirurgiya sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasida bugun yurtimizda ham ana shunday noyob operatsiyalarni bajarish imkoni yaratildi. Bu esa mamlakatimizda kardiojarrohlik sohasi yuqori darajaga ko‘tarilganini ko‘rsatadi.

 

Fursatdan foydalanib, bemor To‘xtasin Dehqonovni ham suhbatga tortdik.

 

— Shu yil yanvar oyida koronavirusga chalindim, — deydi otaxon. — Buning ustiga, tez-tez qon bosimim ko‘tariladigan, yuragim og‘riydigan, tez charchaydigan bo‘lib qoldim. Ayniqsa, oxirgi vaqtlarda juda ham ozib ketdim. Tekshiruvga borganimda yuragimda jiddiy xastalik aniqlandi.

 

O‘sha paytda yurtimizdagi juda ko‘p shifoxonalarga bordik. Biroq ko‘pchilik “bu operatsiya murakkab bo‘lgani uchun faqat Germaniya, Hindistonda katta mablag‘ evaziga qilinadi” deyishdi. Keyin bilsak, yurtimizda ham bunday amaliyotni o‘tkazish uchun sharoit va malakali shifokorlar bor ekan. Hozir ahvolim ancha yaxshi. Shifokorlarning aytishicha, tez kunda yana sog‘lom hayotga qaytarkanman. Buning uchun ularga katta rahmat.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"