Salomatlik

Dunyoda 1 milliarddan ortiq yoshlarning salomatligi xavf ostida. Nega?

Odatda, katta yoshli kishilar shovqin-suronni xushlamaydi. Yoshlar esa, aksincha...

Dunyoda 1 milliarddan ortiq yoshlarning salomatligi xavf ostida. Nega?

 

Baland chastotalarda musiqa tinglashga o‘ch. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida ushbu holat tobora urfga aylanib boryapti. Xo‘sh, buning nimasi yomon?

 

Gap shundaki, hozir dunyo bo‘yicha 12-35 yosh oralig‘idagi 1 milliarddan ortiq yosh avlod vakillari eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida. Bunga to‘yu-tomoshalar, ko‘ngilochar tadbirlarda davomli ravishda baland ovozda musiqa eshitish sabab bo‘lmoqda. Shu bois, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti jamoat joylari va ommaviy tadbirlarda xavfsiz tinglashning yangi xalqaro standartini ishlab chiqdi. U ovoz kuchaytirgich yordamida musiqa ijro etiladigan maskanlar va tadbirlarga taalluqli.

 

Yangi standartlar 6 ta tavsiyani o‘z ichiga oladi:

 

Birinchi tavsiya: o‘rtacha shovqinning maksimal darajasi — 100 detsibeldan oshmasligi kerak.

Ikkinchi tavsiya: shovqin darajasi maxsus texnik vositalar yordamida alohida xodimlar tomonidan real vaqt rejimida kuzatib va qayd etib borilishi zarur.

Uchinchi tavsiya: ovoz sifati va xavfsiz eshitish muhitini taʼminlash uchun xona akustikasi va ovoz uskunalarini optimallashtirish lozim.

To‘rtinchi tavsiya: tinglovchilarni shovqindan himoyalovchi vositalar bilan taʼminlash joiz. Ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar ham bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Beshinchi tavsiya: tashrif buyuruvchilar uchun shovqindan xoli va eshitish qobiliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatmaydigan sokinroq joylarni ham tashkil qilish darkor.

Oltinchi tavsiya: bunday muassasalarda faoliyat ko‘rsatadigan xodimlarni o‘qitish va ularning xabardorligini oshirish kerak.

 

Bundan tashqari, yoshlar shaxsiy audioqurilmalardan foydalanganda ham ovoz balandligini imkon qadar cheklashlari zarur.

 

JSST dunyo davlatlarini bu tavsiyalarni huquqiy normalar bilan mustahkamlashga chaqirish barobarida jamoatchilik, ota-onalar, o‘qituvchilar va shifokorlar tomonidan yoshlarni xavfsiz tinglash amaliyotiga o‘rgatish kelajakda katta samara berishini taʼkidlaydi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"