0

Germaniya Rossiya bug‘doyisiz dunyo ocharchilikka duch kelishidan ogohlantirdi

Urush tufayli don yetkazib beruvchi yirik mamlakatlarning zahiralari uch haftada tugaydi.

Germaniya Rossiya bug‘doyisiz dunyo ocharchilikka duch kelishidan ogohlantirdi

 

Oxirgi haftalarda dunyoda bug‘doy narxi nazoratdan chiqib ketdi, shu sababli insoniyatga ochlik tahdid solmoqda, deb yozadi Germaniyaning Deutsche Wirtschafts Nachrichten nashri. 

Tahlilchilarning taʼkidlashicha, jahonda bug‘doy yetkazib berishning 30% Rossiya va Ukraina hissasiga to‘g‘ri keladi va hozirda bu ikki davlat jahon bozoridan uzilib qolgan.

 

“Bug‘doy har qachongidan ham qimmatroq, ko‘plab mamlakatlarda ochlik inqirozi avj oldi”, — deyiladi maqolada.

 

Bundan tashqari, eng yirik bug‘doy eksportchilari  — YEI, Rossiya, AQSH, Kanada, Ukraina, Argentina, Avstraliya va Qozog‘iston zahiralarining kamayishi taʼminot inqirozini yana-da kuchaytiradi.

Ayni vaqtda bu mamlakatlarning zahiralari to‘qqiz yil ichida eng past darajada – 57 million tonna, bu dunyo uchun 27 kunga yetadi.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun oxirgi ikki yil ichida Yevropada fyuchers shartnomalari bo‘yicha bug‘doy birja narxlari deyarli ikki baravar, AQSHda esa 2,5 barobar oshgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Germaniya Rossiya bug‘doyisiz dunyo ocharchilikka duch kelishidan ogohlantirdi