O'zbekiston

Chet eldan baxtini topgan yulduzlar

O‘zbek san’atida chet elga turmushga chiqqan mashhurlar talaygina. Ularning aksariyati o‘zbek aktrisalaridir.

Chet eldan baxtini topgan yulduzlar

 

Xonanda va aktrisa Kamola Arslonova Turkiyaga qilgan sayohati davomida Mesut ismli yigitni uchratadi. Ularning to‘yi 2014-yilda bo‘lib o‘tadi. Hozirda ularning Axsin ismli qizi bor. Kamola milliy telekanallarimiz orqali efirga uzatilgan “Opa-singillar” serialida kichik singil roli orqali mashhurlikka erishgan.

 

Teleboshlovchi Dilnoza Saidova 2019-yilda Turkiya davlatining fuqarosiga turmush chiqqan. U o‘zining Instagram sahifasida quyidagicha izoh qoldirgan: “Muvaffaqiyatli ka’reradan oilasi uchun voz kechgan teleboshlovchi”.

 

Navbatdagi kelin ham o‘zbek kinosi va seriallarida o‘z muxlislariga ega bo‘lgan aktrisa Nargiza Salmonovadir. U 2018-yilning avgust oyida Emrah Sayan ismli yigit bilan oila qurgan. Ularning to‘ylari Istanbulda joylashgan Bosfor dengizida bo‘lib o‘tgan.

 

“Sarvinoz” va “Yodgor” filmlari orqali mashhurlikka erishgan aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva 2004-yil ta’lim olish maqsadida okean ortiga jo‘nab ketgan va o‘sha yerda o‘z baxtini topadi. Aktrisa 14 yildan buyon AQSHda istiqomat qiladi va uning 3 nafar o‘g‘li va 1 ta qizi bor.

 

Mahoratli aktrisa Dildora Hoshimova “koreyalik kelin” roli orqali barchaga tanish. U Koreyaning Pusan shahriga turmushga chiqqan. Hozirgi kunda uning Son Dason ismli qiz farzandi bor. Dildora xorijda ham o‘z ijodini davom ettirgan holda o‘zbek seriallarida ham suratga tushadi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya telekanalida teleboshlovchi sifatida faoliyat olib boradi.

 

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"