O'zbekiston

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, «Furqat» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 42-maktab 1958-yilda qurilgan bo‘lib, loyihaviy quvvati 800 o‘ringa mo‘ljallangan. Ayni vaqtda ta’lim muassasasida 1 329 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

 

Maktabdagi o‘quv o‘rinlari yetishmovchiligini bartaraf etish va bolalar uchun qo‘shimcha sharoit yaratish maqsadida 540 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilishi rejalashtirilgan. Bu vazifa 2026-yil 3-mart kuni Bosh vazir rahbarligida Buxoro viloyatida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishning 48-sonli bayonida belgilangan. Qurilish uchun smeta-loyiha hujjatlarini tayyorlashga Vazirlar Mahkamasining 379-sonli qaroriga muvofiq mablag‘ ajratilgan. Hozirda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlari davom etmoqda.

 

Shu bilan birga, 1958-yilda qurilgan mavjud maktab binosining texnik holati keskin yomonlashgan. Jumladan, musiqa zali joylashgan uchinchi qavatning tom qismi qulab tushgan. Boshqa sinf va o‘quv xonalari tomlarida ham cho‘kishlar, konstruktiv deformatsiyalar va avariya holati yuzaga kelishi ehtimolini ko‘rsatuvchi nuqsonlar aniqlangan.

 

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining 2026-yil 9-noyabrdagi 6683-sonli xatida maktabning o‘quv binolari foydalanishga yaroqsiz deb topilgan. Shuningdek, ulardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha tavsiya berilgan.

 

Ushbu vaziyatni inobatga olib, o‘quvchilar va pedagog xodimlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayonini Buxoro shahridagi 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Buxoro yuridik kollejining bo‘sh turgan binolarida davom ettirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 42-maktab hududida ta’mirlash ishlari olib borilmayapti. Faqat o‘quvchilar va pedagoglarni xavfsiz binolarga ko‘chirish, shuningdek, ta’lim jarayonini yangi manzillarda tashkil etish uchun zarur jihozlar va o‘quv vositalarini tashish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, ushbu ishlar yakshanba kuni maktabning texnik xodimlari hamda o‘z ixtiyori bilan yordam berayotgan ota-onalar ishtirokida tashkil etilgan. Jarayonda o‘quvchilar qatnashmayapti va ular hech qanday mehnat ishlariga jalb qilinmagan.

 

Shu munosabat bilan boshqarma ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘quvchilarning dars vaqtida ta’mirlash ishlariga jalb etilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Idora o‘quvchilar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash hamda ta’lim jarayoni uzluksizligini saqlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchiga chet elda mo‘may daromad topishni va’da qilgan.

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

U orqali kiberfiribgarlik haqida xabar kelishi bilan pul harakati kuzatilib, tezkor choralar ko‘riladi.

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Avtomobil haydovchisi temir yo‘l kesishmasidagi yo‘l belgisi talablariga rioya qilmasdan harakatlangan.

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

Shuningdek, haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda radarlarning tezlikni noto‘g‘ri qayd etayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Narkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchilar soni 2025-yil 1-oktyabrga nisbatan 593 nafarga oshdi.

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

Ayrim fuqarolar soxta avtoraqamlarni xorijdan ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma qilgani, boshqalari esa tanishlaridan sotib olganini bildirgan.