Pogba Turinga qaytadi
“Yuventus” Pol Pogbaga 9 million yevrolik shartnoma taklif qilmoqda.

“Manchester Yunayted”ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba “Yuventus”ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti o‘zining Twitter sahifasida maʼlum qildi.
Manbaga ko‘ra, Italyan klubi Pogbaga 9 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilgan. Taklifda 3 million yevro miqdoridagi bonuslar ham bor. Maʼlum qilinishicha, tomonlar faol muzokaralar olib bormoqda. Yarim himoyachining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Pogba 2012-yildan 2016-yilgacha Turinning “Yuventus” klubida o‘ynagan. Joriy mavsumda Pogba APLning 15 o‘yinida 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiyalik yarim himoyachining narxi transfermarkt tomonidan 55 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq, Xavi Pogbaning “Barsa”ga o‘tishini xohlamagani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







