Sanoat tarmoqlari va korxonalar bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida Navoiy kombinati ilk qadamni qo‘ydi —Shavkat Mirziyoyev
Videoselektorda ular o‘rtasida “mahsulotbay” kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish zarurligi ham taʼkidlandi.

Kombinat import mahsulotlar va ularga texnik talablar haqidagi maʼlumotlarni “kooperatsiya portali”ga joylashtirgani hisobiga, oldin import qilingan 600 milliard so‘mlik mahsulotlar 18 ta mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Eng muhimi, ushbu 18 ta korxona so‘nggi 3 yilda kichik korxonadan o‘rta ishlab chiqaruvchilar toifasiga o‘tib, ish o‘rinlarini 10 baravarga oshirgan. Ushbu tajribani barcha tarmoq va hududlar yo‘lga qo‘yishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu borada 2022 yil uchun 4,4 trillion so‘mlik kooperatsiya shartnomalari tuzish rejalari mutlaqo qoniqarsiz ekanligi taʼkidlandi. Bunii 15 trillion so‘mga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjud.
Shuning uchun 1 iyulga qadar jami 283 turdagi import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha tayyor biznes-rejalarni tadbirkorlarga taklif etish vazifasi qo‘yildi.







