Salomatlik

Dunyoda omicron‘ning “yashirin” shtammi keng tarqalmoqda

Koreyada kuniga o‘rta hisobda 340 ming yangi holat qayd etilyapti.

Dunyoda omicron‘ning “yashirin” shtammi keng tarqalmoqda

 

So‘nggi haftalarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamaya boshladi. Ayniqsa, eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan AQSH, Hindiston, Fransiya, Braziliya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya singari mamlakatlarda pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.

 

Janubiy Koreya, Vyetnam, Germaniyada esa aksincha, pandemiyaning yangi to‘lqini avjida. Masalan, Koreya Respublikasida kuniga o‘rta hisobda 340 ming yangi holat qayd etilyapti. 14 mart kuni bu ko‘rsatkich yana-da oshib, 362 mingdan ziyod bemorga koronavirus tashxisi qo‘yildi.

 

Xavotirli jihati, endi kasallikning yangi to‘lqini yer yuzi aholisining eng katta qismi yashaydigan Xitoyda ham boshlanmoqda. Bu yerda aniqlanayotgan yangi holatlar omicron‘ning VA.2 mutatsiyasini tashkil etyapti. Xususan, mamlakatda o‘tgan kuni 1,5 mingga yaqin kishida ushbu variant aniqlandi. Birgina Szilin provinsiyasida 900ga yaqin odam infeksiyani yuqtirgan. Shanxay va Shenchjen shaharlarida ham xastalikka chalinganlar soni oshmoqda.

 

Shundan kelib chiqib Xitoy hukumati kasallik yana-da keng tarqalmasligi uchun qatʼiy cheklovlarni joriy qilmoqda. Bemorlar bilan aloqada bo‘lganlar majburiy karantinga olinyapti. Baʼzi hududlarda esa «lokdaun» eʼlon qilinayotir.

 

Shuningdek, VA.2 Yevropaning qator mamlakatlarida ham faol tarqala boshladi. Oqibatda, Buyuk Britaniya, Belgiya, Shveysariya va Niderlandiyada so‘nggi kunlarda kasallanishlar soni yana o‘sa boshlagan.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yangi shtamm omicron‘dan ham yuqumliroq. Eng yomoni, unga chalinganda kasallik nisbatan og‘ir asoratlar bilan kechishi mumkin. Ayniqsa, u bemorning o‘pkasini zararlashi kuzatilyapti.

 

Qolaversa, ushbu virus mutatsiyasiga tashxis qo‘yish birmuncha murakkab. U ko‘p hollarda odatdagi PZR testlarida namoyon bo‘lmaydi. Shu sababli VA.2 allaqachon "yashirin shtamm" nomini olgan.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Dunyoda omicron‘ning “yashirin” shtammi keng tarqalmoqda | Zamon.uz