Sport

Neymar va Ramos “PSJ”ni tark etishni rejalashtirmoqda

Ular parijlik ishqibozlardan norozi.

Neymar va Ramos “PSJ”ni tark etishni rejalashtirmoqda

 

“PSJ” futbolchilari Neymar va Serxio Ramos Parijdan ketishni istamoqda. Bu haqda “AS” nashri xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, futbolchilar Liga 1 28-turidan o‘rin olgan “Bordo”ga qarshi o‘yinda parijlik muxlislarning xulq-atvoridan ranjishgan. Bu vaqtda ishqibozlar “PSJ”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messini ham haqoratlashgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2018-yilda “Barselona” klubidan “PSJ”ga 222 million funt sterling evaziga o‘tgan edi. Futbolchi joriy mavsum parijliklar safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va yana shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi. Ramos esa o‘tgan yili erkin agent sifatida parijliklar safiga qo‘shilgan edi.

 

Avvalroq, “PSJ” Messining maoshi haqidagi mish-mishlarni rad etgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Neymar va Ramos “PSJ”ni tark etishni rejalashtirmoqda | Zamon.uz