O‘zjan Deniz eronlik qiz bilan oila quradi
Bo‘lajak juftlikning to‘yiga aktyorning onasi qarshi chiqmoqda.

Turkiyalik taniqli aktyor va rejissyor O‘zjan Deniz eronlik dizayner Samar Dadgar bilan turmush qurish arafasida ekanligini maʼlum qildi. Aktyor 27 yoshli qizning qo‘lini so‘ragan, qiz esa uning taklifiga rozilik bergan. Ammo to‘yga O‘zjanning onasi Qadriye Dengiz norozilik bildirmoqda. U o‘g‘lining o‘zidan 22 yosh kichik qiz bilan oila qurishini maʼqul deb bilmagan.
Maʼlumot o‘rnida: O‘zjan Deniz va Samar Dadgar o‘rtasidagi munosabatlar haqida turkiyalik jurnalistlar “Seni shunchalar uzoq kutdim” filmining suratga olish ishlari boshlangan vaqtda xabar topishgan. Ushbu filmga O‘zjan Dengiz prodyuserlik qilgan va undagi bosh rolni ham o‘zi ijro etgan.
O‘zjan Deniz bugungi kunga qadar ikki marta uylanib ajrashgan. U birinchi rafiqasi Xandan Deniz bilan birga 9 yil umr kechirgan, ikkinchi bor Feyza Aktan bilan oila qurgan. Juftlikning turmushi bor-yo‘g‘i bir yil davom etgan, ajrimdan so‘ng Feyza Aktan O‘zjan Denizni zo‘ravonlikda ayblab sudga bergan.







