"Davlat shifoxonalaridagi oylik masalasiga, albatta, to‘xtalamiz" — Shavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari ishtirokida sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqot boshlandi.

Davlat rahbari o‘z nutqida shifokorlar, hamshiralar, soha olimlari, keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida yillar davomida to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarni hal etish orqali sohani tubdan rivojlantirish, jahon standartlariga mos tibbiyot tizimini shakllantirish, aholiga tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surib, keng ko‘lamli vazifalarni belgilab beradi.
Ochiq muloqotni ommaviy axborot vositalarining 100 dan ortiq vakili yoritmoqda.
Prezident joylardan sohani rivojlantirishga oid 25 mingdan ortiq taklif va tashabbus, cavollar kelganini maʼlum qildi.
Shavkat Mirziyoyev:
— 60 foizi shaxsiy savollar. Nima uchun bu uchrashuv cho‘zildi? 85% muammolar avval hal qilindi. Albatta, hammaning ham savolini birdaniga hal qilolmaymiz. Bilim bilan, vaqt bilan yechiladi. Biz pandemiya bo‘lmaganda barcha mablag‘ni ijtimoiy sohalar: o‘qituvchi, shifokor, xalqqa bergan bo‘lardik. Ammo har bitta odamning sog‘ligi uchun kurashdik.
Maʼlumot uchun: “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezidentning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.







