“Barsa” va “Real” Regilon uchun kurashmoqda
Himoyachi Serxio Regilon “Tottenhem”ni tark etib, La Ligaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga Yevropaning boshqa bir qator jamoalari qatori “Barselona” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq hozircha futbolchi uchun kurashda aniq favorit yo‘q.
Shu bilan birga, “Real Madrid” bu yozda Regilonni sotib olish huquqiga ega. Shunday bo‘lgan taqdirda klub futbolchi uchun taxminan 40 million yevro to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Maʼlumot o‘rnida: 25 yoshli himoyachi joriy mavsumda APLda 22 o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, “Yuventus” futbolchisiga inglizlar qiziqish bildirayotgani va “Vilyareal” Serj Ore bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







