Lifestyle

Daniyada “Samarqand” restorani ochildi

Shuningdek, mamalakat poytaxtida “Buxoro” restorani ochilishi rejalashtirilgan.

Daniyada “Samarqand” restorani ochildi

 

Bahor faslining go‘zal ayyomi —  Navruz bayrami arafasida Yevropa shimolida joylashgan Daniyaning Orxus shahrida vatandoshlarimiz tomonidan ochilgan birinchi o‘zbek umumiy ovqatlanish shoxobchasi —  “Samarqand” nomli restoran o‘z faoliyatini boshladi.

 

Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

 

Vatandoshlarimiz shu tariqa daniyaliklar va mamlakat mehmonlarini nafaqat O‘zbekiston hamda uning milliy taomlari bilan, balki yurtimizning tobora shuhrat qozonayotgan o‘ziga xos gastronomiya turizmi bilan ham tanishtirmoqda.

 

Maʼlumki, bugungi kunda O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati, sayyohlik va iqtisodiy  salohiyatini jahon miqyosida keng targ‘ib etish ishiga xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlar ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

 

Restoranning ichki devorlari o‘zbek milliy hunarmandchilik anʼanalari uslubida bezatilgani mehmonlarga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi, ishonch bilan aytish mumkinki, ular o‘zlarini xuddi O‘zbekistonda bo‘lib turgandek his etishadi.

 

Restoranda ishlatiladigan mahsulotlar halol va pokiza. Oshpaz va xodimlar esa vatandoshlar vakillaridan iborat.

Daniyada “Samarqand” restorani ochildi | Zamon.uz