Samarqand viloyatida DXA xodimi pora bilan ushlandi
U 12 ming dollarga hujjat rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ishtixon tumani DXA katta mutaxassisi pora bilan ushlandi.
Xodim o‘z xizmat vokolatidan foydalangan holda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro bilan jinoiy til biriktirib, tumandagi MCHJga tegishli bo‘lgan yer maydoni hududida tikuvchilik xamda pishiriq ishlab chiqarish sexlari qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan. Buning uchun fuqarodan 12 ming AQSH dollari dollari talab qilib, kelishilgan mablag‘dan 6 mingini pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








