Lifestyle

Maryam Tillayeva sobiq turmush o‘rtog‘i uning ota-onasiga qilgan munosabatini ochiqladi

“Amiranning ota-onam haqida gapirishga haqqi yo‘q edi” — Maryam Tillayeva.

Maryam Tillayeva sobiq turmush o‘rtog‘i uning ota-onasiga qilgan munosabatini ochiqladi

 

Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva sobiq turmush o‘rtog‘i, bloger Amiran Sardorovning intervyular vaqtida ota-onasi haqida aytgan gaplari unga maʼqul bo‘lmaganini maʼlum qildi.

 

“Do‘stlar, tushunaman, bu mavzu siz uchun qiziq... Har ikkita savolning bittasi ota-onam haqida. Ammo Amiranning o‘z intervyulari vaqtida ota-onam haqida gapirish va munosabatlarga aniqlik kiritishga hech qanday haqqi yo‘q edi.

Men boshqa ko‘p narsalar qatori bu haqida ham undan iltimos qilgandim. Mana qarang, siz bilan juda ko‘p narsalarni baham ko‘raman va bu mening qarorim. Ammo otam va onam o‘ta sokin, begonalardan holi bir tarzda hayot kechirishadi.

Mening ularning qarorini hurmat qilaman va munosabatlarimiz haqida ommaga ochiq gapirmayman. Ular mening eng yaqin odamlarim va ularni juda yaxshi ko‘raman”, —  deydi Maryam Tillayeva. 

 

Maʼlumot uchun: Bloger Amiran Sardorov Maryam Tillayeva bilan ajrashmasidan avval o‘zining bir nechta intervyularida qaynota-qaynonasi bilan munosabatlari yaxshi emasligini aytgandi. U xonanda Bastaga bergan intervyusida Maryamning hayotida paydo bo‘lganidan keyin Lola Karimova va Timur Tillayev qizlari bilan aloqani uzishgani haqida gapirgan, ularga moliyaviy jihatdan hech kim yordam bermasligini aytgan. Shuningdek, marhum Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan munosabatlari yaxshi ekanligi va o‘zaro muloqot qilib turishlarini maʼlum qilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"