Salomatlik

Bahorgi holsizlik kasallik belgisi bo‘lishi mumkin

Agar sizni umumiy holsizlik yoki surunkali charchash sindromi bezovta qilsa...

Bahorgi holsizlik kasallik belgisi bo‘lishi mumkin

 

Feruza Tohirova,

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi diabetologiya bo‘limi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi:

 

— Umumiy holsizlik bir qator infeksion va noinfeksion kasalliklarning ham ilk belgisi bo‘lishi mumkin. Yuqumsiz endokrin (qandli diabetning ikkinchi turi) va xavfli o‘sma kasalliklari, revmatizm, revmatoid artrit, tizimli qizil bo‘richa, kamqonlik, yurak qon-tomir kasalliklari shular jumlasidan.

 

Bemor hayotiga xavf soladigan qandli diabetning ikkinchi turi (qondagi qand miqdorining oshib ketishi) ko‘pincha 40 va undan katta yoshdagi kishilarda uchraydi. Bunga nasliy moyillik yoki noto‘g‘ri ovqatlanish, semizlik, kamxarakatlik, asabiy zo‘riqish kabilar sabab bo‘ladi.

 

U yashirin kechadi, lekin bosh miya, ko‘z tubi, yurak, buyrak, hamma yirik va mayda arterial qon-tomirlar shikastlanib boradi. Bu patologik jarayon yurak qon-tomir va buyrak yetishmovchiligiga olib keladi.

 

Surunkali V va S virusli gepatitlar (jigar kasalliklari) esa yuqumli kasallik bo‘lib, inyeksiya orqali, qon quyishdan, homilador onadan bolaga yuqishi mumkin. Xastalik yashirin kechgani bilan bemorda kundan-kunga umumiy holsizlik oshib boradi.

 

Agar sizni umumiy holsizlik yoki surunkali charchash sindromi bezovta qilsa, darhol oilaviy poliklinika yoki qishloq vrachlik punktiga murojaat qiling. Tibbiy ko‘rik jarayonida shifokorlar umumiy holsizlik sabablarini aniqlashda yordam beradi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bahorgi holsizlik kasallik belgisi bo‘lishi mumkin | Zamon.uz