“Barselona” Dibala bilan shartnoma imzolamoqchi
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala “Barselona”ning nishoniga aylandi.

“Mundo Deportivo” nashrining xabariga ko‘ra, hujumchi yozda klubga tekinga o‘tishi mumkin. Kataloniya klubi hozirda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda, shuning uchun bor eʼtiborini yangi o‘yinchilarni tekin sotib olishga harakat qiladi. Jamoa allaqachon futbolchining shartnoma shartlarini o‘rganishga kirishgan.
Oldinroq “Yuventus” 28 yoshli Dibalaga mavsumiga 6-7 million yevro maosh taklif qilgani maʼlum bo‘lgan edi. Paulo bu taklifdan norozi bo‘lib, yangi jamoa izlay boshlagan edi. 2022 yilning yozida argentinalik hujumchining “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetadi.
Dibala joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt onlayn portali futbolchining narxini 40 million yevroga baholagan.
Avvalroq, “Barselona” hujumchi izlayotgani va Dembele Kataloniyada qoladigan bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







