Siyosat

Biz “Buyuk o‘tmishdan – buyuk kelajak sari” tamoyilida davom etamiz — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlamoqda.

Biz “Buyuk o‘tmishdan – buyuk kelajak sari” tamoyilida davom etamiz — Shavkat Mirziyoyev

 

“Ushbu ko‘hna zamindan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, dunyoviy va diniy ilmlarning ulug‘ namoyandalari bugungi kunda ham butun insoniyatga xizmat qilayotgan noyob kashfiyot va bebaho asarlar yaratib, ularni jahon ahliga meros qilib qoldirganlar.

 

Misol uchun, hozirgi davrda ham dolzarb bo‘lgan karantin tushunchasini Yevropada “Avitsenna” nomi bilan tanilgan ajdodimiz, buyuk shifokor Abu Ali ibn Sino bundan ming yil muqaddam birinchi bo‘lib amaliyotga joriy qilgani tarixdan yaxshi maʼlum.

 

Mashhur davlat arbobi, ayni paytda buyuk astronom bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek esa 15-asrdayoq Samarqandda rasadxona qurdirib, mingdan ortiq yulduzlarning eng to‘g‘ri koordinatlarini aniqlab, ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan.

Zamonaviy innovatsion va blokcheyn texnologiyalari va sunʼiy intellekt negizini tashkil qiluvchi algoritm atamasi yana bir ulug‘ ajdodimiz – Muhammad Al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liq ekanidan sizlar albatta xabardorsiz", dedi davlatimiz rahbari so‘zini davomida.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Biz “Buyuk o‘tmishdan – buyuk kelajak sari” tamoyilida davom etamiz — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz