Shanxayda qattiq “blokirovka” joriy etildi
Shaharda ofis va korxonalar yopiladi, jamoat transporti harakati to‘xtatiladi.

Xitoyning Shanxay shahrida koronavirusining avj olishi fonida, dushanba kuni oxirgi ikki yildagi eng qattiq "blokirovka" boshlandi.
Birinchi bosqichda Shanxayning Pudong iqtisodiy tumani va uning atrofidagi hududlar dushanbadan jumagacha yopiladi. Ikkinchi bosqich juma kuni boshlanadi.
Ushbu davrda aholidan uyda qolish talab qilinadi. Muhim hisoblanmagan ofis va korxonalar yopiladi, jamoat transporti harakati to‘xtatiladi. Shuningdek, “blokirovka” paytida shahar aholisi COVID-19ga qarshi ommaviy emlanadi.
Yakshanba kuni Shanxayda 3 500 ga yaqin odamda koronavirus aniqlangan. Ulardan atigi 50 nafarida COVID-19 alomatlari mavjud.
Xitoy COVID-19 nisbatan “nol bardoshlik” siyosatiga ega bo‘lgan dunyodagi kam sonli davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu virus tarqalishini qattiq “blokirovka”lar va kasallangan fuqarolar bilan aloqada bo‘lganlar uchun majburiy karantin orqali cheklashni anglatadi.
Xitoyda pandemiyaning butun davri davomida 144,5 mingga yaqin koronavirus infeksiyasi aniqlangan va kasallik oqibatlaridan 4,6 mingga yaqin fuqaro vafot etgan.







