0

Dunyoda har o‘n chaqaloqdan uchtasi malakali tibbiy xizmatdan chetda qolmoqda

Shu bois, JSST yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va ularning onalariga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqdi.

Dunyoda har o‘n chaqaloqdan uchtasi malakali tibbiy xizmatdan chetda qolmoqda

 

Bugun dunyo bo‘yicha tug‘ilayotgan har o‘n chaqaloqdan uch nafari malakali tibbiy xizmatdan chetda qolmoqda. O‘z navbatida, bu muammodan ularning onalari ham jiddiy aziyat chekyapti. Oqibatda, aholining ushbu qatlami orasida o‘lim ko‘rsatkichlari oshib borayotir.

 

Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tug‘ruqdan keyingi dastlabki 6 haftada onalar va bolalar salomatligini taʼminlash bo‘yicha 63 ta tavsiyani eʼlon qildi.

 

Quyida ulardan eng muhimlarini keltirib o‘tamiz:

— tug‘ruqdan keyingi 24 soat ichida yangi dunyoga kelgan chaqaloqlar va ularning onalariga shifoxonalarda yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi shart;

— dastlabki olti hafta davomida qo‘shimcha ravishda kamida uch marta tug‘ruqdan keyingi tekshiruv o‘tkazilishi kerak;

— tug‘ruqdan so‘ng ona-bolada shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladigan xavf belgilari aniqlanishi va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilishi lozim;

— tug‘ruqdan keyin ayollarda eng ko‘p uchraydigan muammolar, xususan, ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni bartaraf etish va davolash bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatilishi yoki zarur maslahatlar berilishi darkor;

— barcha yangi dunyoga kelgan chaqaloqlar ko‘rish va eshitish nuqsonlari bo‘yicha skriningdan o‘tkazilishi hamda tug‘ilish vaqtida emlanishi shart;

— yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sog‘lom parvarishlash bo‘yicha oilalarga yaqindan tibbiy-profilaktik yordam ko‘rsatilishi lozim;

— ona suti bilan emizishning ahamiyati, go‘dak salomatligini mustahkamlash hamda jismoniy faollik bo‘yicha onalarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berilishi kerak;

— tug‘ruqdan so‘ng kechadigan depressiya holatlarini bartaraf etish uchun, ehtiyoj yuzaga kelsa, onalarni ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam va muolaja olishga yo‘naltirish talab etiladi.

 

Shuningdek, JSSTning ko‘rsatmalarida tug‘ruqdan keyin shifoxonada qolishning minimal davomiyligi batafsil tavsiflangan.

 

Masalan, tug‘ruqdan keyin sog‘ligidan shikoyati yo‘q chaqaloqlar va ularning onalari odatda 48 dan 72 soatgacha shifoxonada olib qolinadi. Keyingi bosqich salomatlik ko‘rsatkichlariga muvofiq, 7 kundan 14 kungacha va hatto olti haftagacha uzaytirilishi mumkin.

 

Biroq sog‘ligida jiddiy xavf aniqlansa, ona va bola 6 haftadan so‘ng davolanish uchun yo‘naltirilishi zarur

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"