Toshkentda ASB bilan kasallangan bolalar akademiyasi tashkil etildi
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi boshchiligida Autizm spektri buzilgan bolajonlar uchun Samarkand Marathon Bolalar Akademiyasi ochilgan.

Ushbu Akademiya Samarqand xayriya marafoni-2020 ning eʼlon qilingan natijalaridan biridir.
Samarkand Marathon Bolalar Akademiyasi – bu ASB bolajonlarimiz uchun yangi ixtisoslashtirilgan ijodiy maydondir. Akademiya “Navro‘z” istirohat bog‘ida joylashgan bo‘lib, unda ijodiy va interaktiv mashg‘ulotlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shu jumladan: dam olish maskani, ijod ishlari bilan shug‘illanadigan ustaxona, hovli, ota-onalar uchun kutish maydoni. Ushbu akademiya o‘smirlar va yosh bolalar uchun mavjud bo‘ladi.
“Maqsadimiz bolajonlarimiz ijtimoiy muhitga to‘g‘ri integratsiyalashuviga yordam berish, ularning moslashishiga, mustaqil bo‘lishga va jamiyatda munosib o‘rin topishga yo‘naltirishdir.“Samarqand marafon” bolajonlar akademiyasi ham ana shu maqsad sari qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biridir. Bu makon ota-onalar bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, fikr va tajriba almashishi mumkin bo‘lgan joyga aylanadi. Biz sanʼat va ijodiy izlanishlar orqali reabilitatsiya jarayoni uchun munosib muhitni taʼminlash uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb qilamiz", — dedi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi rais o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.
Akademiya bolalar va ularning ota-onalari uchun reabilitatsiya markaziga aylanadi, bu esa ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
"O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 4 yil mobaynida tashkillashtirayotgan “Samarqand marafoni” xayriya yugurishi o‘tkazilmoqda. Biz o‘z oldimizga xayriya sport va madaniy tadbirlar orqali O‘zbekistonda inklyuziv muhitni rivojlantirishni keng ko‘lamli vazifani qo‘yganmiz", — deydi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova.







