“UzAuto Motors”ning bir qismi xususiy “qo‘llar”ga o‘tadi
Davlat korxonalarini xususiylashtirishni tezlashtirish yuzasidan Prezident qarori e’lon qilindi

O‘zbekistonda qator yirik davlat korxonalari xususiylashtiriladi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” “Samarqand Avtomobil” zavodi aksiyalari sotuvga qo‘yiladi. Xususan, “UzAuto Motors”ning 10 foizgacha bo‘lgan aksiyalar paketi 2022 yilning 1 avgustigacha mahalliy fond bozoriga ommaviy savdoga qo‘yiladi. Bunda xalqaro investisiya banki va moliyaviy konsultantlar jalb qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, 1 sentabrga qadar “Uzbekistan Airways”’da 51 foiz va undan ortiq ulush saqlab qolingan holda aksiyalar sotuvga qo‘yiladi.







