Buxoroda yuk avtmobili 2 yoshli bolani urib yubordi
Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 12-aprel kuni soat 11.00 da Buxoro shahar “Turdi Farog‘iy” ko‘chasida sodir bo‘lgan. Olimpiya zaxiralari kolledjining orqa tomonidagi uy oldida “SHACMAN” rusumli yuk avtomobili haydovchisi ortga harakatlanayotib, e’tiborsizligi sabab 38 yoshli fuqaro va uning 2020-yilda tug‘ilgan jiyaningi urib yuborgan.
Hodisa oqibatida ikkala piyoda ham voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








