"Roma” yarim finalda
Mourinyoning kayfiyati yaxshi.

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo jMourinyoning kayfiyati yaxshiamoaning Konferensiya ligasi yarim finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi.
“Endi biz Yevropada Italiya bayrog‘ini ko‘tarishimiz kerak. Biz yevrokuboklarda kurashni davom ettirayotgan yagona Italiya klubimiz. Biz “Bodo-Glimt”dan kuchliroqmiz. Ularga qarshi faqat to‘rtinchi urinishda g‘alaba qozonish mumkin emas. Lekin asosiysi 1:2 hisobi yakunda 5:2 ga aylanib ketdi. Biz boshidanoq ajoyib o‘ynadik”, - deya UEFA matbuot xizmati Mourinyoning so‘zlarini keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar ishtirokidagi birinchi o‘yinda Norvegiya klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, Italiya terma jamoasi Angliyaning “Lester” klubi bilan yarim finalda o‘ynaydigan bo‘ldi.
Avvalroq, Eldor Shomurodov koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







