Siyosat

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish bo‘yicha Milliy dastur tasdiqlandi

15 aprel kuni gender tenglikni va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish bo‘yicha Milliy dastur tasdiqlandi

 

2022 yilning 15 aprel kuni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Majlisda Komissiya aʼzolari, vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Majlisda O‘zbekistonda gender tenglikni taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni jadallashtirish maqsadida 2022 – 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur tasdiqlandi.

 

Shuningdek, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. Ushbu komissiya tuzilishidan maqsad – ushbu yo‘nalishda yagona yondashuv asosida vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish. Komissiya asosiy vazifalari qatorida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, gender tenglik va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi hamda monitoringini olib boradi.

 

Gender tenglikni taʼminlashning quyi tizimgacha yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy Kengashlarda hududiy komissiyalar tashkil etilishi belgilandi.

 

Shu bilan birga, Komissiya Milliy dastur va uni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda tegishli vazirlik va idoralarga, hududlarga ko‘maklashadi va qatʼiy nazorat o‘rnatadi.

 

Majlisda, shuningdek, davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur loyihasi ham muhokama etildi.

 

Qayd etish kerakki, bugungi kunda davlat boshqaruvida xotin-qizlar ulushi 27 foizni tashkil etmoqda. Rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar ulushi esa 10 foizga ham yetmaydi.

 

Bu borada rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Endilikda mazkur dastur asosida har yili kamida 100 nafar xotin-qiz Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘qitiladi.

 

Komissiya majlisida 2022–2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur ijrosiga ham eʼtibor qaratildi. Dasturda ijro muddati kelgan bandlar bo‘yicha masʼul vazirlik va idora rahbarlarining axborotlari eshitildi.

 

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish bo‘yicha Milliy dastur tasdiqlandi | Zamon.uz